yo‘qlik
bilan ulashing
1. Yoʻq holat, yoʻq ekanlik.
-
Shoshma, dadang yoʻqligida sen., bilan gaplashib olay. Oybek, Tanlangan asarlar. Pirnafas akangizning yoʻqligini bildirishmayapti. J. Sharipov, Xorazm
2. aynan Yoʻqchilik.
-
Ezginlik, xoʻrlik, yoʻqlik asabi boʻsh odamlarda tajanglik tugʻdirar, muomalada pardani koʻtarardi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
-
yoʻqlik uni oʻzidan katta tayoq sudrab, qoʻy boqishga majbur qilgan edi. Gazetadan
3. Hayot, biror narsa mavjud boʻlmagan makon, holat.
-
Hamma narsa unutildi, yer-u koʻk, zamin-u zamon yoʻqlik qaʼriga bir lahzada singdi-ketdi. K. Yashin, Hamza
-
Abas, yoʻqliklariga ketdi jaholat, Asrimiz ufqida u misli roʻyo. A. Oripov
4. fls. Mavjud emaslik; zid. borliq.
YO‘QLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎҚЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘qlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar