qurollan
bilan ulashing
1. Jang, urush quroliga ega boʻlmoq; uni tutgan, undan foydalanadigan holatda boʻlmoq.
-
Dushman oʻta ayyor va yaxshi qurollangan. Sharq yulduzi
-
Qurollangan yetti partizan ogʻir qadamlar tashlab, xilvat va soʻqmoq yoʻllardan yurib, Mostovoyning otryadiga bormoqda. A. Rahmat, Soqov bola
-
Tanklar, samolyotlar, turli qurollar bilan tish-tirnogʻigacha qurollangan dushman hadeb Moskvaga intilar edi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Ish quroli, vositalari bilan taʼminlanmoq.
-
Matqovul bilan yana bir kishi nariroqda zambil, ketmon, bolgʻa bilan qurollanib, tosh-shagʻal tashirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qurollanmagan koʻz bilan kuzatganda, yulduzlarning bir-biriga nisbatan oʻrinlari oʻzgarmay qola beradi. Astronomiya
3. koʻchma Biror maqsadga erishish, uni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan vositalarni egallamoq, bilib olmoq, oʻrganmoq.
-
Ilgʻor gʻoyalar bilan qurollanmoq.
QUROLLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРОЛЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qurollan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar