qurʼon
bilan ulashing
1. (Q — katta harf bilan) Musulmonlarning Alloh tomonidan Muhammad paygʻambarga vahiy orqali nozil qilingan, musulmon dinining aqidalari va qonun-qoidalari toʻplamidan iborat boʻlgan muqaddas kitobi.
-
— Yolgʻiz, yolgʻiz bitta kitob bor, — doʻq bilan deydi Abdullaboy, — u olloning kitobi — Qurʼon. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qurʼon oyatlari qabriston ichida ogʻir ohangda oqar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Shahzoda kichkina naqshinkor tokchada ipak bolish ustidagi zar muqovali Quronni oldi. K. Yashin, Hamza
-
Qurʼoni karimda Od qavmi toʻgʻrisida juda koʻp oyatlar nozil qilingan. Guliston
2. s. t. ayn. Tilovat.
-
Kecha oydin, qabriston tip-tinch, uzoqroqdan qurʼon tovushi eshitilar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Fotihaga kelmabmidingiz? Qani, ayvonga! — dedi-da, Akromxonni yoniga oʻtqazib, qurʼon boshladi. I. Rahim, Tinimsiz shahar
qurʼon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xatmi qurʼon
Qurʼon koʻtarmoq
-
Hatto u uchta talabani hujrasiga olib kirib, chet elga ketishga qasam ichirdi — qurʼon koʻtartirdi. A. Qahhor, Sarob
Qurʼon tushirish
QURʼON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРЪОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qurʼon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar