qurt
bilan ulashing
1. Uzun tanasini egib-yozib yoki juda koʻp oyoqlari vositasida sudralib yuradigan umurtqasiz mayda jonivor.
-
Koʻk qurt.
2. Baʼzi hasharotlar, mayda organizmlar nomi tarkibiga kiradi, masalan,
-
shilliq qurt, eshak qurt.
3. Baʼzi hasharotlarning tuxumidan yuzaga keladigan gʻumbak.
-
Olma qurti. Koʻsak qurti.
-
Mayiz bilan oʻrikni bir oz qurt yegan boʻlsa ham, pok-pokiza urib ketishibdi, azamatlar. Hamza, Boy ila xizmatchi
4. Asosan tut bargi bilan boqiladigan, yetilib pilla oʻraydigan shunday gʻumbak.
-
Kurt boqmoq. Kurt tutmoq.
-
Oʻtgan yil bahorda qurtga barg kesgani tutga chiq-dim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
qurt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Miyasiga qurt tushmoq
-
Lekin bularning yuztasini qoʻshib bogʻlasang, bitta sarjin boʻlmaydi. Shunchaki qoʻgʻirchoqlar, dimogʻi shishgan pistafurush bilan miyasiga qurt tushgan gʻoʻzafurush chol M. M. Doʻst, Lolazor
Tovoniga (yoki oyogʻiga, paytavasiga) qurt tushmoq
-
Oʻzlari yoʻl izlab, tovonlariga qurt tushib qolsin. Ular hali Ortiqning sovuniga kir yuvishmabdi. M. Mansurov, Yombi
s.t. ayn. Qurut.
-
Javhar ham har kirganda qurtmi, bir dona shokoladmi tashlab ketishni unutmasdi hech. J. Abdullaxonov, Xonadon
QURT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qurt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar