quroq
bilan ulashing
1. ot Ulab-qurab, biror narsa hosil qilish uchun yaroqli mato parchasi.
-
Bir qator attorlar eski qop, yagʻir sholcha, yirtiq boʻz parchalaridan, qizil, oq, koʻk, yashil laxtak quroqlardan turli-tuman soyabonlar yasab, mollarini bevosita yerning oʻziga uyib qoʻyibdilar. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Oʻrtaga novcha qiziqchi chiqadi. Choponi qizil, koʻk, yashil, sariq quroq lattalardan yamalgan. T. Obidov, Yusufjon qiziq
2. sifatdosh Shunday quroqlarni biriktirib tikib hosil qilingan.
-
Quroq dasturxon. Quroq yostiq.
-
Rais peshonasidagi oqib tushayotgan terni artib, quroq bilan bezatilgan yostiqqa yonboshlab, yuzini shabadaga burdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Qirlarda qorning choki soʻkilgan, hamma yoq ola-bula quroq koʻrpaga oʻxshaydi. Sh. Gʻulomov, Inson qoʻli gul
-
Usti-boshi yupundi rosa, Bor bezagi bir quroq chopon. H. Poʻlat.
3. sft. koʻchma Mayda boʻlaklardan iborat, boʻltak-soʻltak, laxtak-luxtak, parcha-purcha.
-
Quroq yerlar.
-
Choʻldan quroq ham qoldirmabsiz, ota. Obodlik kishining mehrini tortib, oʻziga sehrlab qoʻyadi. A. Xasanov, Chiroqlar
Qiyoqning quruqlikda oʻsadigan bir turi.
-
Choʻldan quroq yeb toʻygan, Yelini sutdan qappaygan Anavi cheksiz sigirlar Ovul yoqqa yoʻl olgan. Gʻ. Gʻulom
Katta varrak.
-
Quroq yasamoq. Quroq uchirmoq.
QUROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar