qursoq
bilan ulashing
1. Oshqozon, qorin.
-
Qursogʻi och. Qursogʻi toʻydi.
-
Urush hammaning tinkasini quritgan, qursogʻini boʻshatgan boʻlsa, ularning [boylarning] boshidan zar sochib, qursoqlarini yana qappaytirgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Nafs qursin Siz aqllilik qilgan ekansiz, mulla Muhsin, — deydi qursogʻini ishqalab, — chot, qovunning tarrasi ushladi meni. A. Qodiriy, Obid ketmon
2. Ich, bachadon.
-
Inson ona qursogʻidayoq avlod-ajdodiga xos boʻlgan bagʻritoshlik va johillikni ham oladi. N. Qobil, Bugʻdoy pishigʻiga yetmaganlar
-
Ona qursogʻidagi bolaning shakl-u shamoyili oʻzgarib, qirq kunda inson qiyofasiga kira boshlaydi. Gazetadan
QURSOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРСОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qursoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar