qurol
bilan ulashing
1. Harbiy yarogʻ, aslaha; jang, urush asbobi.
-
Otuv qurollari (miltiq, toʻp, pistolet va shu kabilar). Sovuq qurollar (qilich, xanjar, pichoq va shu kabilar). Quroli yoʻq jang qilmas. Maqol
-
Polkovnik uning pulemyotini koʻzdan kechirgach, kulumsirab: — Qurolni yaxshi asrar ekansiz, — dedi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Ular kapitanning komandasi bilan tepadagi samolyotga barcha qurollardan birdaniga, bab-baravar oʻq uzdilar. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Biror ishda foydalaniladigan, xizmat qiladigan har qanday asbob, moslama, KUrilma, mexanizm, mashina va shu kabilar
-
Yozuv qurollari. Oʻquv qurollari. Ish quroling soz boʻlsa, mashaqqating oz boʻlar. Maqol
-
Qadimgi mulkdorlarning hosildor yer va bogʻlarigina emas, balki boshqa ishlab chiqarish qurollari ham endi batamom kolxozga oʻtishi lozim edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. koʻchma Biror maqsadga erishish, uni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan har qanday vosita; dastak, omil.
-
Til kishilarning aloqa qurolidir.
-
Zero, oshkoralik jamiyatimiz qonunlarini buzayotgan kimsalarga qarshi qudratli qurol ekan, bu haq-da ochiqchasiga fikr yuritishga jazm etdik. Gazetadan
QUROL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qurol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar