uyqu
bilan ulashing
1. Odam va hayvonlarda davriy yuz beradigan fiziologik holat (Uyquda nerv sistemasi, asosan, bosh miya poʻstlogʻining faolligi pasayadi, ong, muskul tonusi va sezuvchanlik susayadi).
-
Qattiq uyqu. Shirin uyqu. Uyqum keldi. Uyqu arslonni ham yiqitar. Maqol
-
Gʻulomjonning uxlab qolganini ham, uyqusida shirin tushlar koʻrayotganini ham bilmaydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Doridan ichgandan keyin yurak siqilishi kamayib, uyqusi ham bir oz yaxshilandi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Ishtaha yoʻq, uyqu buzilgan, boshim ari toʻldirilgan qovoqdek guvullagani-guvullagan. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Koshona egalari [roʻzada] salqin xonalarda yotib, uyqu bilan jon saqlashni odat qilganlar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. koʻchma Hayotdan toʻxtagan, harakatsiz, shovqin-suronsiz, tinch holat (tabiat hodisalari va shu kabilarga nisbatan).
-
Ona tabiat, ertangi kurash oldidan miriqib dam olishga chogʻlangan pahlavonlarday, ogʻir uyquga choʻmgandi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Dov-daraxtlar qish uyqusidan uygʻonib, bahorni olqishlaydilar. Gazetadan
-
Asrlar uxlagan sahro uyqusin Mahv etdik, bir yoʻla ayladik bedor. Gʻayratiy
uyqu soʻzi qatnashgan jumlalar:
Abadiy uyqu
-
Balki abadiy uy-qudamisan, Saltanat! S. Ahmad, Hukm
Koʻzi uyquga ketmoq
-
Qoʻchqor bilan Akmalni topib, yumshoq poxolga choʻzildi, koʻzi uyquga ketarkan, oʻzicha jilmaydi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Koʻziga uyqu kelmoq
-
Tun yarim kechadan ogʻgan, Nodirning koʻziga uyqu kelmasdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Koʻzlariga uyqu kelgan shogird bola mushi ipni qir-qir choʻzib, qatim tortar Oybek, Tanlangan asarlar
Koʻz(i)da uyqu yoʻq
-
Xayoliy bir ishq bilan Koʻzlarimda uyqu yoʻq. Mirtemir.
Mast uyqu
-
Toʻpaniso bir tekisda nafas olib, mast uyquda yotar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Noz uyqu
-
Bir kuni ana shunaqa noz uyquda yotgan ekanman, Bemor Bakirov, ukol! degan tovushdan uygʻonib ketdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Uyqu bermaslik
-
Shu-shu boʻlib, bu yigitning surati, uning mayin jilmayishi Shahzodaga uyqu bermay qoʻydi. K. Yashin, Hamza
Uyqu bosmoq
-
Yana ortiq turib qolinsa, uyqu bosib, sovib qolishdan qoʻrqqan aravakash: — Maymanaga yetib olgach, karvonsaroyda uxlab, yaxshilab dam olamiz, — dedi. Mirmuhsin, Meʼmor
Uyqu yoʻq
-
Uyqusi yoʻq, halovati yoʻq, Qaygʻu ezar, erk ularga yot. Gʻayratiy
-
Qizda uyqu yoʻq. Uning badani qizigan yuragi shiddatli uradi. Oybek, Tanlangan asarlar
Uyqu olmoq
-
Ertadan kechgacha yaylov dalada tinmay oʻynab charchagan shoʻx bolalarni bir lahzada va birdan uyqu oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kechasi bilan uyqu olmadi, koʻzimni yumib, Soʻnagulni koʻz oldimga keltirib gaplashib chiqdim. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
Uyqu tang qilmoq
-
Nihoyat, kuta-kuta uyqusi tang qilgach, oʻrniga choʻzilib uxlab qolganini oʻzi ham sezmay qoldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Uyqu elitmoq
-
Koʻp oʻtmay Meʼmorni uyqu elitdi Mirmuhsin, Meʼmor
Uyquga bormoq
-
Tuhfa birdan xoxolab yubordi. Bu kulgidan uyquga borgan qizlardan baʼzisi choʻchib ketdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Uyquga ketmoq
-
Butun badanim zirqirab, oʻringa kiribman-u, salda uyquga ketibman. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
Uyquni olmoq
-
Rosa uyquni oldik.
Uyqusi kelmoq
-
Kamoliddin uyqusi kelmasa ham, oʻringa kirib yotdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
Uyqu(si) oʻchmoq
-
Oʻringa yotganda, tezroq tong otishini kutib, horgʻinligiga qaramay, uyqusi oʻchib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kechasi poyezdda uxlamagani uchun mizgʻib olgisi kelardi. Yechinib oʻtirmasdan, darrov yotdi Ammo endi uyqusi oʻchib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Uyqusi qochmoq
-
U kechasi bilan toʻlgʻanib chiqdi, uyqusi qochdi M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Temirjon allamahalgacha uyqusi qochib, Usmonali otaning Hilol aka haqidagi gaplarini eslab yotdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
Yarim uyqu
-
Ana shunday kunlarning birida Shirmonxon yarim uyqu, yarim xayol orasida darvoza taqillaganini eshitdi. S. Zunnunova, Olov
Qush uyqusi
-
— Qush uyqusi, —dedi ona. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
UYQU so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЙҚУ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uyqu so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar