uyqusira
bilan ulashing
1. Uxlashni juda is-tab qolmoq, uyqusi yoki uxlagisi kelmoq; mudramoq.
-
Uyqusirab oʻtirmoq. Soqchi uyqusiragan koʻzlarini ishqaladi.
-
Bu oʻylarni tugatgandan keyin, uning [Hasanalining] koʻzlari uyqusirab, yumila boshlab, qarshisiga Otabek kelib toʻxtaydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Uyquda yoki uyqu aralash biror gap-soʻz, xatti-harakat qilmoq.
-
Poraxoʻr uyqusirasa, xotinidan pul soʻrar ekan. Gazetadan
-
Zebi uyqusirab kelib, yana fonarni yoqdi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Tun yarimdan ogʻdi eshik qiya ochiq qolgan shekilli, qoʻshni xonadan Umidjonning uyqusirab aytgan gaplari quloqqa chalindi. R. Fayziy, Goʻzal
UYQUSIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УЙҚУСИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
uyqusira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar