qurit
bilan ulashing
Qurimoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Kir quritmoq.
-
Saraton quyoshi adirlardagi oʻt-oʻlanlarni quritdi.
-
[Bektemir] Gulxanni avjlantirib, kiyimlarini quritdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Moʻgʻullar barkashni quritib, bogʻichiga kirib ketishdi. M. Osim, Oʻtror
-
Andijon zilzilasi Katta ariqning suvini quritdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Navoning sehrli savti Otabekning koʻz yoshlarini quritdi-da, bir yengillik bagʻishladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
qurit soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bosgan (yoki qoʻngan) yerini quritmoq
-
Bundan buyon bogʻimga qadam qoʻymang, siz boyoʻgʻlidan ham battar narsasiz! Qoʻngan yeringizni quritasiz! Mirmuhsin, Chiniqish
Qadamini quritmoq (yoki qirqmoq)
-
— Tojiboyni ishga soldim. U sening oʻchingni olishga kirishdi — xudo xohlasa, bu yerdan muallimning qadamini quritadi, — dedi vaqti xush Olaxoʻja maxsum. P. Tursun, Oʻqituvchi
QURIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qurit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar