quri
bilan ulashing
1. Suvi tugamoq (suv obyektlari haqida).
-
Orol dengizi qurib bormoqda. Yaxshi soʻzdan moy eriydi, Yomon soʻzdan soy quriydi. Maqol
-
Yozda chashma qurib ketdi Gulnorpari
2. zid. Rivojlanish, koʻkarishdan toʻxtamoq; koʻkarmoq.
-
Ekilgan koʻchatlarning baʼzilari quriyapti. Qurigan gul. Maysalar suv-sizlikdan quridi. Yashin urgan sada quriy boshladi. Chinor chirimas, archa qurimas. Maqol
-
[Yoʻlchi] Ekini qurib qaqragan kam-bagʻal dehqonlarga doʻq qilib, gʻalva koʻtarishdan nafratlanar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Majnuntolning qurib tushgan shoxlari hovuz boʻyida ivirsib yotar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
koʻchani kesib oʻtgan kichkina ariq labidagi yarmi qurigan katta tol panasiga oʻzini oldi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
3. Butunlay tugamoq, yoʻq boʻlmoq; bitmoq.
-
Mushukka qanot bitsa, sichqon zoti quriydi. Maqol
-
Lutfullaning kulbasi qurib, qoʻlga ilinadigan hech narsa qolmadi. Mirmuhsin, Gʻurbatdagi odam
-
Agar qishloqda oriyati butun erkakning urugʻi qurib ketgan boʻlsa, mana, oʻzim gaplashaman sen bilan. N. Norqobilov, Toʻqnashuv
quri soʻzi qatnashgan jumlalar:
1
-
Hoʻl boʻlgan kiyimlari oftobda tez quridi. Arralab, yorib, taxlab qoʻyilgan oʻtinlar yaxshi quridi.
-
Gʻulomjonlar oftobda qurib, taxta oralari katta ochilib qolgan bir tabaqali eshikni taqillatishdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Ipga chizilgan jambillar qurib, qovjirab qolgan edi. S. Zunnunova, Olov
-
Qoʻltigʻidan qogʻozga oʻralgan, qurib tolqonlangan nosini olib, til ostiga otdi. Oybek, Quyosh qoraymas
3
-
Ogʻzi qurimoq.
-
Gapiray desa, ogʻzi ochilmaydi, lablari qurib, bir-biriga yopishib qolganday. Sharq yulduzi
-
Ogʻrib qoldi uning nozik bellari, Hofizlarning qurib qoldi tillari. Malikayi ayyor
Yostigʻi qurimoq
-
Shundoq ham koʻp odamlarning yostigʻi quridi. Yoshlik
Iligi qurimoq
Ichi qurimoq
-
Lekin oʻzining ichi qurib, yosh boladay quvongisi, quvonib, butun Dalvarzintepaga ovoza qilgisi kelar edi. M. Mansurov, Yombi
-
Ichim qurimasa, aytarman kimligini. Mirkomilga aloqador gap bu. M. Mansurov, Yombi
Shoʻri quridi
Qurib qolibdimi (yoki qolganmi)
-
[Xotin:] Xudo koʻtarsin sen megajinni! Ikkita bolam bor! Boʻydoq yigit qurib ketganmidi? A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
Otam bilan onamning rizoliklari uchun shundan boshqa sabab qurib qolganiga nima deyishimni ham bilmayman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Qursin yoki qurib ketsin
-
Menga tengqur boʻlolmaysan, Koʻngliginang qurib ketsin. Poʻlkan
-
Qurib ketgur shu oʻtinning tutuni biram achchiq ekanki! A. Qahhor, Asror bobo
QURI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar