qurbon
bilan ulashing
1. din. Xudo yoʻlida qurbonlikka soʻyilgan yoki soʻyiladigan jonliq.
-
Qurbon soʻyish.
2. koʻchma Biror ezgu ish, ezgu maqsad yoʻlida yoki sevikli kimsa, narsa va shu kabilar uchun kurashda halok boʻlgan, jon fido qilgan kishi.
-
Ozodlik qurboni. Urush qurboni.
-
Yer kurrasining koʻp qitʼalarida bombalar portlar, minglab qurbonlar koʻksida qon oqardi. S. Ahmad, Ufq
-
Urush qurbonsiz boʻlarmidi. S. Zunnunova, Olov
3. koʻchma Tabiiy ofat, falokat, koʻn-gilsiz hodisa, kimsalarning qilmishi, manfaati va shu kabilar tufayli halok boʻlgan yoki katta zarar koʻrgan, qattiq aziyat chekkan kishi.
-
Yongʻin qurboni. Zilzila qurbonlari. Jaholat qurboni. Urf-odatlar qurboni.
-
Farida Zokirni gunohsiz bir qurbon deb bilib, qattiq achindi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
[Gʻulomjon:] Boʻlib oʻtgan mana shu gaplarning oʻzi tuhmatchilar qurboni boʻlib turganimni isbot qilishga yetib ortadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. Qurbon bermoq Kishisi (kishilari) qurbon boʻlmoq; katta zarar, talafot koʻrmoq.
-
Talay urushlar koʻrdik, talay qurbonlar berdik. Guvoh — sochlarda oq-u manglayda ajinimiz. Gʻ. Gʻulom
-
Beparvo boʻlmangiz, qoʻldan ketmasin Sonsiz qurbon berib qozonilgan baxt. Sharq yulduzi
5. Qurbon (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
qurbon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qurbon oyi
Qurbon hayiti
Qurbon boʻlmoq
-
Xalq jinoyatchi boʻlishi mumkin emas, qurbon boʻlishi mumkin. Gazetadan
-
Bir navjuvon erdi oʻzi xiromon, Har kim koʻrsa, boʻlur husniga qurbon. Gulshanbogʻ
Qurboni boʻlmoq
-
U boshqa katta jinoyatlarning qurboni boʻlib ketyapti-ku! A. Muxtor, Kumush tola;
-
Yaxshining qurboni boʻl, Yomonni kaltaklab ur. Maqol
-
Aravadan nari anjir pishibdi, Oʻn toʻrt yashar qizga ishqim tushibdi. Oʻn toʻrt yashar qizning qurboni boʻlsang, Oʻn toʻrt tillo berib qoʻyningga olsang. Qoʻshiqlar
QURBON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРБОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qurbon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar