qurʼa
bilan ulashing
1. Taqsimlanadigan narsaning kimga tegishini, navbatni va shu kabilarni hal qilish uchun tashlanadigan yoki olinadigan shartli belgi; shartli belgili narsa; chek.
-
Qura tashlab, navbatni aniqlamoq.
-
Qurʼaga koʻra, birinchi partiyada oq donalarni toj talabgori surdi. Gazetadan
2. Fol ochish, faraz bilan topishda foydalaniladigan (ishlatiladigan) narsa(lar).
-
Jarxun maston qurʼani qoʻliga olib, Chambildagi voqealarni, qanday qilib darvozadan kirish yoʻlini axtardi. Nurali
-
Xalqning taqdirini munajjimlarning qurʼalariga qarab emas, balki aql-idrokning talabiga koʻra hal etmak zarur. Uygʻun va H. Sulton, Alisher Navoiy
qurʼa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qurʼa tashlamoq
-
Kecha dasturdagi sport turlari boʻyicha oʻzaro uchrashadigan jamoalarni aniqlash uchun qurʼa tashlash marosimi boʻldi. Gazetadan
-
Nazoratchi qurʼa tashlash yoʻli bilan abituriyentlarni joylashtiradi. Gazetadan
-
Bu davrda yulduzlarga qarab qurʼa tashlash — astrologiya (ilmi nujum) ayniqsa keng yoyildi. Gazetadan
-
Xayol surib qurʼa tashlayman va bu dunyo sirlaridan voqif boʻlaman. Oltin beshik
-
Bu haqda falakshunos Dion qurʼa tashlab: — Bu goʻdak ulgʻayib, shoh boʻladi va oʻz otasini oʻldiradi, — deb bashorat qiladi. Tafakkur
QURʼA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРЪА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qurʼa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar