qur
bilan ulashing
1. Qurilma, qurilish insho-oti bunyod etmoq, yasamoq.
-
Uy qurmoq. Qasr qurmoq. Shiypon qurmoq. Toʻgʻon qurmoq. Kanal qurmoq. Saroy qurib, shahar buzma. Maqol
-
Yoru doʻstlar bilan hasharlashib, binoyiday maskan qurib oldim. M. M. Doʻst, Lolazor
2. Oʻrnatmoq.
-
Tandir qurmoq. Uyga eshik qurmoq.
-
Sattorqul akang uyini yangi turmush qildi; oqlatdi, darchaning oʻrniga deraza qurdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Bir yerdan oʻchoq qilib, oshpalov qilmoqchi boʻlib, qozonni qurdi. Nurali
3. Tashkil etmoq, barpo qilmoq, tuzmoq.
-
Yangi davlat qurmoq. Yangi jamiyat qurmoq.
4. Tashkillashtirmoq.
-
Shirin suhbat qurib qaymoqlashaylik Habibiy
-
Har qalay, Joʻravoy bilan gurung qurib, tong ottiray dedi-ku. S. Ahmad, Yulduz
-
Zeriksangiz, shohona ziyofatlar quring, bazmlar yasang, ixtiyor sizda. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Badiuzzamon beklarini, ishbilarmon yigitlarini yigʻib, jangga hozirlanish toʻgʻrisida kengash qurdi. Oybek, Navoiy
qur soʻzi qatnashgan jumlalar:
In (yoki uya) qurmoq
-
Uning haromnamaklari hali koʻp mahkamalarda in qurganlar. Oybek, Navoiy
Turmush (yoki oila) qurmoq
-
Sevishib, oʻldim-toldim deb turmush qurganlarni koʻryapmiz, kunora uyida janjal T. Ashurov, Oq ot
-
Oyim bilan dadam sinfdosh boʻlganlar. Sevishib oila qurganlarini eslashadi. Yoshlik
QUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar