qurama
bilan ulashing
1. Har xil tus, koʻrinishda boʻlgan; turli xil, har xil turdagi.
-
[Polvon] Maxorkani bejab oʻrab, sal eshitilarli tovush bilan qurama ashulalarni gʻingʻillay boshladi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Shahar aholisi qurama. Unda har xil millatlarga mansub kishilar — kannaralar, hindlar, malayyalar, tamillar yashaydi. Z. Akramov, Hindiston lavhalari
-
Bashirjon gazetani ochib, parvarda, shokolad, shoʻrdanak va qoramayiz aralashtirilgan qurama shirinliklardan bitta parvardani olib, ogʻziga soldi. N. Aminov, Qahqaha
2. aynan Quroq I 2.
-
Qurama toʻshakda choʻzilib yotganicha, jajji qoʻlchalarini unga choʻzardi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
-
U qurama kiyimdagi kishiga norozi koʻzi bilan qarardi. V. Gʻofurov, Vafodor
Oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan etnik guruhlardan biri: Oʻzbekistonning Chirchiq va Ohangaron vodiylarida yashovchi oʻzbek elati; shu elatga mansub shaxs yoki narsa.
-
Qurama ayoli. Oʻzbek tilining qurama shevasi.
QURAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУРАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
QURAMA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan QURAMA so‘ziga berilgan ma’nolar
qurama so‘ziga yangi izoh qo‘shing
qurama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar