burama
bilan ulashing
1. Spiral shaklda buralgan, oʻralgan; buralma.
-
kichkina burama moʻylovli yigit hech qayerda koʻrinmasdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Ayniqsa kattakon burama karnay ovozi ajralib turardi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
-
Ular burama soʻqmoqdan zanjirdek oldinma-ketin borishar(di) S. Karomatov, Oltin qum
-
Shahzoda Moʻmin qatlxonaga olib chiqadigan burama zinapoyadan devorni ikki qoʻli bilan siypab, sekin orqaga tislanmoqda. F. Joʻrayev, Obid Jalilov
2. Burab ochilib-yopiladigan; vintsimon; vintli.
-
Darvozabon otning kallasidek keladigan burama qulfga uzun kalitni solib, anchagacha buradi-da, darvozani ochdi. M. Osim, Oʻtror
-
Hasanali hujraning uzun burama qul-fini ochib, ichkariga sham yoqdi va bekning toʻshagini yozib, uning kirib yotishini kutib turdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Girdob, uyurma.
-
Etakda Sir toʻlib, oʻqtin-oʻqtin buramalar hosil qilib, toʻlgʻanib oqmoqda. Y. Shamshirov, Yengish
4. aynan Burma 1, 2.
-
Burama koʻylak kiyibsiz, Sevikli ukam, yor-yor. Qoʻshiqlar
5. koʻchma Teskari maʼnoli, kinoyali; achchiq.
-
Burama gap qilmoq.
burama soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burama mix
-
Sherbek ichkariga sirgʻanib tushdi-da, devor tagiga bekina qoldi. Endi sharmanda boʻldim, degan fikr mahkam yopishib, miyasini burama mixday parmalay boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy
BURAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar