bura
bilan ulashing
1. Doiraviy harakatga keltirmoq, aylantirmoq.
-
U telefonni qancha burasa ham, javob boʻlmadi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Dutorchi dutorining qulogʻini jahl bilan qattiq burab, torini uzib yubordi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
-
Azonda Murodning uyqusi qochdi. Bosh tomonidagi stolda turgan mushtdaygina radioning qulogʻini buradi. M. Hazratqulov, Jurʼat
2. Oʻrab, aylantirib, burama shaklga kiritmoq, eshmoq.
-
Arqonni buramoq.
-
Sidiqjon moʻylovini burab, kulimsiradi va yer ostidan Zunnunxoʻjaga qaradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Qoziq liqillay boshlaganida, yerdan chiqdim i, osmondan tushdimi, ishqilib, birov qulogʻini burab tortdi. Sharq yulduzi
-
Bekning asabiyligi nihoyasiga yetdi va u Laʼlining sochidan burab, terakzorga sudrab ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Aylantirib joyiga tushirmoq, mahkamlamoq yoki joyidan chiqarmoq, boʻshatmoq.
-
Gaykani buramoq.
-
Darvozadan ichkariga kirishi bilan, gʻaladonni ochib, shuruplarini burashgani burashgan. S. Nurov, Narvoy
4. Prujinali mexanizmlarni harakatga keltirmoq.
-
Soatni buramoq. Oʻyinchoqni buramoq.
-
Shu mashinaning qulogʻini burasang, lagancha chir-chir aylanib, ashula, dutor, tanbur vangʻirlayveradi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Erining qoʻlidagi soatni olib buradi. S. Ahmad, Ufq
-
Kampir mindi yogʻoch otni, Buradi poʻlat murvatni. Murodxon
bura soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burab gapirmoq
-
Elmurodga rota komandiri yoqmadi: tili qalampirdek achchiq, har gapni pisanda qilganday burab gapiradi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Ular \qoʻnoqlar] bizning tilimizda sal burab gapirishardi. Yoshlik
-
Keyin chapanicha burab gapirdi. M. Qoriyev, Oydin kechalar
Burab yemoq
-
Birov soʻrab yeydi, Birov burab yeydi. Maqol
Qulogʻini (yoki dumini) burab qoʻymoq
-
Dumini munday burab qoʻy, ortiq akillamasin. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
BURA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bura so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar