daydi
bilan ulashing
1. Qoʻnim topmay, darbadar kezib, koʻchib yurmoq.
-
Dunyodan umidimiz bor. Biz daydimaydigan kunlar ham kelar, xoʻjayin! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Sayohat qilib, daydib yurishga odatlangan bir kishi boʻlganim uchun qopqonga oʻxshagan bu doʻkonda diqqinafas boʻlib oʻla yozdim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. Tentiraklamoq, tentirab, sanqib yurmoq.
-
Uyingda kam boʻlasan, qayoqlarda daydiysan?
-
U uzzukun shahar koʻchalarida daydib yurdi. Sharq yulduzi
-
Qudrat egasiz daydib yurgan samanni tutib, Polvon otaning oldiga olib borganda, Polvon otadan shu voqeani eshitgan edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. Biror maqsadda izgʻib yurmoq.
-
Sekinroq gapir, oʻgʻlim, xon aygʻoqchilari daydib yuribdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Menga, doʻstim, o, tutma oson. Bunda tun-kun ajal daydiydir. T. Toʻla, Asarlar
4. koʻchma Odatdagi holatdan farqli ravishda harakatlanmoq.
-
Allaqanday daydib kelgan izgʻirin quruq qorlarni chirpirak qilib, uzoqlarga uchirib ketdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Qishloq tepasida ipak tolalariday nafis mezon erinibgina daydib yuribdi. S. Anorboyev, Oqsoy
DAYDI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАЙДИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daydi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar