chap
bilan ulashing
1. Gavdaning yurak joylashgan tomonidagi; soʻl.
-
Chap qoʻl. Chap yelka,
-
Taajjubki, uning chap oyogʻi uvushgandek, oʻng qoʻlining barmoqlari ham dir-dir titrardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Soʻl tomon, oʻng tomonning qarama-qarshi tomoni.
-
Ahmad koʻchaning chap betidan — serdaraxt va qorongʻi yoʻlakdan yurdi. F. Musajonov, Himmat
3. koʻchma Oʻng kelmaydigan, teskari, noqulay.
-
— Yoʻl garchi chaproq boʻlsa ham, bu gal uncha qiynalmadim. Kechga yaqin Donoxonlar uyiga yetib bordim, — dedi Nafisa. Gʻayratiy, Uzoqdagi yor
4. koʻchma Munosabati yaxshi emas (biror kimsa bilan).
-
Madaminjon qizlar bilan chap boʻlib qolgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mirvali shu odam bilan anchagina chap edi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Bu orada narigi ikkovining gapi yana chap tushib qol-di. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
chap soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoʻlni chap solmoq
-
Haydarali yoʻlni chap solib, soʻqmoqlardan yurdi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
-
[Ummatali] Yoʻlni chap solgan edi, u [Qimmatxon] quvib yetdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
Chap bermoq
-
Avazxon oyogʻini yerga tirab, abjir-lik bilan chap berib, chap tomondan qilich soldi. Malikayi ayyor
-
Avtomat oʻqiga chap beramiz-a, ammo ofitserning choʻntagida granata boʻlsa-chi? T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Ishga chiq, desam, chap beradi, qachon qarasangiz, bozorning guli. S. Mahkamov, Dala tongi
-
Nazarimda, Abdurazzoq ota keksalikka chap berib, yil sayin kuchiga kuch qoʻshilib bora-yotganday. N. Safarov, Olovli izlar
-
[Yaxshiboyev:] Mayli, hozircha oʻlimga chap berib yuribmiz, bundan keyin ham biror oʻn besh-yigirma yil moʻljalimiz bor M. M. Doʻst, Lolazor
Chap yoni (yoki yonboshi) bilan turibdi
-
Muhammad Rasul oʻz ichida: Bu kun boy chap yoni bilan turgan shekilli, deb ancha vaqtgacha kallasini osiltirib oʻtirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Chap ichakka ham yuq boʻlmaydi
Chap koʻz bilan qaramoq
-
Kolxozda hamma narsa brigadalarga baravar taqsimlansin. Rais birovga oʻng koʻz, birovga chap koʻz bilan qaramasin. H. Gʻulom, Senga intilaman
Chap qoʻl
-
Otaqoʻzi chap qoʻldagi eshikni ochdi. O. Yoqubov, Diyonat
aynan Chalp.
CHAP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chap so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar