chandon
bilan ulashing
1. Marta, karra, martaba.
-
Bu uy Teshikqalʼadan oʻn chandon yaxshi. J. Sharipov, Xorazm
-
Havasi ming chandon oshib ketdi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
2. Har qancha, qanchalik.
-
Mirzayev raqibining oyogʻini yerdan uzishga chandon intilsa ham, Rajab soldatcha chapdastlik qildi va uni azot koʻtarib qoʻydi. H. Nazir, Mayoq sari
-
Bechora kamtarlik qilishga, bosigʻ-u bamaʼni gapirishga chandon urindi hamki, aslo eplay olmadi M. M. Doʻst, Lolazor
3. Astoydil; yetarli darajada.
-
Oyim sovchilikka chandon kirishganini bildim. Kechasi non yopdi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Sanʼatkor Solihboy rolining tekstini chandon oʻqib, uni yodlab olgan boʻlsa ham, qanoat hosil qilmadi. F. Joʻrayev, Obid Jalilov
4. Boʻlishsizlik shaklidagi feʼl bilan kelib, hech ham, aslo degan maʼnolarni ifodalaydi.
-
Aziza onasidan Yodgorning bir qoshiq suv bilan yutgulik qizni yetaklab yurganini eshitganda, chandon ishonmagan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
CHANDON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАНДОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chandon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar