tatala
bilan ulashing
1. Tirnamoq, timdalamoq.
-
It yerni tataladi.
-
Adolat bir joyni panjasi bilan tataladi, ketmonda kovladi, ammo buloq koʻzini topa olmadi. I. Raxim, Chin muhabbat
-
Chiroqni yoqmoqchi boʻlganida, eshikni birov, xuddi mushuk tatalaganday, taqirlatdi. A. Qahhor, Sarob
2. koʻchma Kovlashtirmoq, titmoq, titkilamoq.
-
Ish davomida unda-bunda begona soʻzlarni eshitib, keyin esa kitob tatalab, inglizchani bir oz bilib oldim. Guldasta
3. koʻchma Betinch boʻlmoq (qilmoq), gʻash qilmoq, tirnamoq (koʻngilni, dilni).
-
Xavotirlik yuragini tataladi.
-
Nevarasidan bezovta boʻlib, yuragi tatalab ketayotganini, ota-onasiga qanday xabar berishni bilmay yigʻlardi. Mirmuhsin, Umid
4. koʻchma. s. t. Urinib-surinmoq, tirishmoq.
-
Munavvar ruschaga u qadar usta boʻlmasa ham, uyalib qolmaslik uchun tatalab, maʼnosini tushunishga harakat qilar edi. S. Anorboyev, Mehr
tatala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qorni tatalamoq
-
Qudrat, qorni tatalab ketganidan, hovli burchagidagi yangi oʻchoqqa osigʻliq dekcha qopqogʻini ochib koʻrdi: dekcha boʻsh edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
TATALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАТАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tatala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar