tati
bilan ulashing
1. aynan Totmoq.
-
Ovqatning tuzini tatimoq. Hayotning achchiq-chuchugini tatimoq.
-
Qambar egilib shivirladi: — Icha-sizmi? Ozgina quyib beray. Juda xushtaʼm musallas. — Sira tatib koʻrgan emasman. Kerak emas. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Razzoq] U yerdan [maktabdan] qorni ochib, koʻzlari kirtayib, kech qaytardi-da, oldiga qoʻyilgan taomdan tatir-tatimas, allaqayerga joʻnardi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Taʼsir qilmoq; taʼsiri bilinmoq; yuqmoq.
-
Qatiq moshxoʻrdaga yaxshi tatiydi.
-
Ovqat [Shavkatjonga] mazaliroq tatidi. N. Maqsudov, Umidli bola
-
Bolam bechorani tinch qoʻyasanmi, yoʻqmi? Yegan-ichgani tati-may, kundan-kunga qotib ketyapti oʻzi. O. Husanov, Qoʻshiqchining taqsiri
3. Kifoya qilmoq, kifoya boʻlmoq, yetmoq.
-
Butun umrga tatiydigan saboq. Urpogʻingda boʻlsa, urugʻingga tatiydi. Maqol
-
Oʻzi ellik gektar yer-u, daxmazasi besh yuz gektarga tatiydi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Oddiy [bir kilo] guruch besh kishilik osh boʻlsa, devzira palov oʻn kishiga tatiydi. Gazetadan
tati soʻzi qatnashgan jumlalar:
Arzonning shoʻrvasi tatimas
-
Singlim, hech qachon ishning osonini axtarmang. Arzonning shoʻrvasi tatimas, degan gap bor. Uygʻun, Soʻnggi pushaymon
TATI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАТИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tati so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar