taʼtil
bilan ulashing
1. eskirgan Oʻquv dargohlarida, umuman, dars-mashgʻulot boʻlmaydigan kunlar; dam olish kunlari.
-
Maxdum, bu kun sizga taʼtil [dedi mavlono Fasihiddin Sultonmurodga]. Oybek, Navoiy
-
chorshanba, payshanba va juma kunlari taʼtil (dam olish kunlari) boʻlar edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. Maktab va boshqalar oʻquv yurtlarida dars-mashgʻulotlar toʻxtatilib, oʻquvchilarga dam beriladigan (oʻquvchilar dam olishga chiqadigan) vaqt, tanaffus.
-
Nihoyat, maktablarda taʼtil kunlari boshlandi. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar
-
Ahmad taʼtil paytida Fargʻona vodiysiga praktikaga bordi-yu, u yerdagi odamlarga qoyil qoldi. F. Musajonov, Himmat
3. Dam olish, davolanish va shu kabilar uchun ishdan ozod qilib beriladigan maʼlum kunlar, ishdan ozod qilinadigan muddat.
-
Boshqalarga dam olish kun, Taʼtil oyi berilar. Shoir yangi tashbih uchun Oʻlgan boʻlsa tirilar. E. Vohidov
-
Moʻminov har yili taʼtil paytida dam olmas edi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
shv. folk. Ovqat, yegulik; nonushta; ovqatlanish.
taʼtil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taʼtil qilmoq
-
Ul alplar qanday alp: yoyandoz, mergan, har qaysisi har kuniga toʻqson shirvozning etini taʼtil qilgan zoʻr polvondir. Alpomish
TAʼTIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪТИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼtil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar