tavakkal
bilan ulashing
1. Oqibat-natija qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, biror ishga jazm qilish, nima boʻlsa boʻlar, yo ostidan, yo ustidan zaylida qilingan harakat.
-
Yoʻq, oʻrtoq Nizomov, biz tavakkal qilolmaymiz. Tavakkalning tubi tosh, boshingni ursang — yoriladi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Baʼzan joni halqumiga kelib, oʻzini nimalarga urmadi, necha marta qaltis tavakkallarga bordi, necha marta pachagʻi chiqib, yana tiklanib oldi. A. Muxtor, Opa-singillar
2. din. Oʻzini Alloh irodasiga topshirish, butun umidni unga bogʻlash, uning marhamatiga ishonish.
-
Koʻrgilikdan, tavakkaldan, taqdirdan voz kechib, xalq real narsalarga ahamiyat beradigan boʻldi. Oybek, Nur qidirib
3. Tavakkalchilik bilan ish tutishni bildiruvchi, shunday hollarda qoʻllanuvchi soʻz.
-
Biridan qochsang, boshqasiga tutilasan. Undan koʻra qochmaymiz! Tavakkal. Peshonaga bitgani boʻlur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Unga tashlanib, qutichani olib qoʻysammikan? Kuchim yetarmikan?! Tavakkal! O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
tavakkal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tavakkal qilmoq
-
Inson qadami kamdan-kam tegadigan bu yovvoyi vodiy-da tavakkal qilib yoʻl bosishdan boʻlak iloj qolmadi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Sobir biron marta hamsuhbat boʻlmagan Odil buvaga, tavakkal qilib, yurak dardini ochishga jazm qildi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
TAVAKKAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАВАККАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tavakkal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar