mehmon
bilan ulashing
1. Toʻy, ziyofat va shu kabilar munosabati bilan yoʻqlab kelgan (borgan) shaxs.
-
Mehmon boʻlmoq. Mehmon qilmoq. Mehmon(ga) aytmoq.
-
Qutidor mehmonlarni ixlos va samimiyat bilan kutar, ziyofat quyuq-suyuqlari bilan toʻla-toʻkis davom etar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Majlis, yigʻilish, kengash va shu kabilarga chetdan chaqirilgan shaxs.
-
Sessiyaga chaqirilgan deputat va mehmonlar. Qurultoyda mehmon sifatida qatnashmoq.
-
Festivalning qatnashchilari va mehmonlari orasida taniqli davlat arboblari isteʼdodli ijodkor yoshlar bor. Gazetadan
3. Chetdan tashrif buyurgan, vaqtinchalik qoʻngan shaxs.
-
Eshikni ochishi bilan: — Otdan qoʻningiz. mehmon. — dedi [usta Alim] otni Otabek qoʻlidan olgach. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
mehmon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yangi mehmon
-
Mumtoz yangi mehmon kutayotgan sevimli rafiqasi Amalni ham unutib qoʻyardi. S. Azimova, O, Laylo.
MEHMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕҲМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mehmon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar