mehnat
bilan ulashing
1. Biror maqsad uchun qaratilgan aqliy yoki jismoniy faoliyat; ish.
-
Aqliy mehnat. Jismoniy mehnat. Mehnat intizomi. Mehnatda chiniqmoq. Mehnat — mehnatning tagi rohat. Maqol
-
Mehnatga oʻrgangan kishi mehnatsiz qolsa, mehnat xumor qiladi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
2. Biror maqsad uchun sarflanadigan kuch, gʻayrat, harakat.
-
Bir tomondan, raisning obroʻyini saqlash, ikkinchi tomondan, bu tadbirdan qattiq norozi boʻlgan odamlarga buning mohiyatini tushuntirish kerak boʻlib qoldi. Oʻrmonjon bunga hiylagina vaqt va mehnat sarf qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
mehnat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mehnat qilmoq
-
Mehnat qilgan odam doim boshqalarning yuziga dadil qaraydi. T. Ashurov, Oq ot
Mehnat kuni (yoki mehnat)
-
Endi mehnat kuniga ham oz-moz don tegsa kerak. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Kolxozchilar mehnat kunlariga hech vaqt hozirgidan koʻp haq olmagan. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
MEHNAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕҲНАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mehnat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar