mehr
bilan ulashing
1. Insonning oʻz tugʻishganlariga, yaqin kishilariga va umuman, odamga, narsaga boʻlgan samimiy muhabbati; yaxshi koʻrish tuygʻusi.
-
Onalik mehri. Mehrini qozonmoq. Vatanga boʻlgan mehr va muhabbat. Mehr bilan oʻqimoq. Ishga mehr qoʻymoq.
-
Toʻsatdan vujudini qamragan onalik mehri gʻolib kelib, tortgan azobi ham esidan chiqdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ikki yor sevgisi ham mehri shunda. Shoirning ilhomi, sheʼri ham shunda. M. Alaviya
-
Yoshlar oʻrtasida dehqonchilik kasbiga mehr uygʻotishga eʼtiborni kuchaytirish kerak. Gazetadan
-
Bu oʻrik bir vaqtlar Murotalining otasi tomonidan ekilgan va mehr bilan parvarish qilingan edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Shafqat, rahmdillik.
-
Odamning yuragi-da mehr boʻlishi kerak. Kerakli vaqtda koʻmaklashish kerak. Oybek, Tanlangan asarlar
mehr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mehr qoʻymoq
-
Men faqat oʻzim chizgan suratga—
-
oʻz ijodimga mehr qoʻyganman, xolos! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Mehri tovlanmoq
-
Onasi oʻgʻlini podshoh boʻlmasidan oldingi nomi [Botirjon] bilan atab, mehri tovlanib gapirgani Boburga juda yoqimli tuyuldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
1. f. [ — eroniy quyosh yilining yettinchi oyi; quyosh] Quyosh, oftob.
-
Jahonning mehri ikkidur: biri sensan, biri — oftob. E. Vohidov, Muhabbat
2.
MEHR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕҲР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mehr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar