mehrob
bilan ulashing
1. Masjid ichida uning qibla tomonidagi devorida taxmon shaklida qurilgan joy (namoz shu tomonga qarab oʻqiladi).
-
Hujraning ichi qorongʻi boʻlmasa ham, qoidaga binoan, gʻarb tomonidagi mehrobga sham yoqib qoʻyilgan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
U mehrobga yetib kelgach yarim qorongʻi xonada tasbeh oʻgirib oʻtirgan uch-toʻrt kishiga koʻzi tushdi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. aynan Taxmon.
-
Koʻrpani mehrobga yigʻib qoʻymoq.
3. koʻchma Biror narsa, joyning toʻri, toʻr tomoni.
-
Vatan — sen yuragim, yuragim sensan. Yuragim mehrobi — muqaddas Vatan. G. Joʻrayeva
-
Otashin barq yondi gulrang charxning mehrobida. E. Vohidov
MEHROB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕҲРОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mehrob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar