mehribon
bilan ulashing
1. Mehr-shafqat koʻrsatuvchi, mehr bilan munosabatda boʻluvchi.
-
Mohlar oyimning Anvar bilan muomalasi xolis va samimiy boʻlib, u Anvarga oʻz bolasiday mehribon edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Bolalarining baxti uchun har qanday jafolarga oʻzini otgan, mehribon, shafqatli ona! Oybek, Tanlangan asarlar
2. aynan Gʻamxoʻr.
-
Bu yerda bir mehribonim yoʻqki, menga koʻmaklashsa. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Mehr (mehribonlik) ifodalovchi.
-
Hamisha kulib turadigan mehribon chehrasi hozir jiddiy edi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o
-
Elmurodning qanday ahvolga tushganini sezgan Gulsum uni mehribon soʻzlari bilan yupatmoqchi boʻlib kelgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
MEHRIBON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕҲРИБОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mehribon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar