mehribonlik
bilan ulashing
1. Mehrli (mehribonga xos) eʼtibor, munosabat; mehribonga xos xislat.
-
Ahmadning yonidan oʻtar ekanlar, Asadillo mehribonlik bilan uning yelkasiga qoʻlini qoʻydi. F. Musajonov, Himmat
-
Kombinatda odamlar oʻzlariga eʼtibor va mehribonlikni seziishayapti. Gazetadan
-
Domlaning otasidek boʻlib qolgani, mehribonligi unga dalda berdi. Mirmuhsin, Umid.
2. aynan Mehribonchilik. [
-
Nodira:[ Ota-onalarimdan, opa-singil, ogʻa-ini, qarindosh-urugʻlarimdan koʻrmagan bu mehribonliklarni, oʻlsam, qora tuprogʻim unutmasdir. Hamza, Maysaraning ishi
-
Hozir ham u nimagadir yosh boladay ayasining mehribonliklarini qoʻmsadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
mehribonlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mehribonlik qilmoq
-
Birortasi menga mehribonlik qilmasa, yomon koʻrsa, kalaka qilsa E. Raimov, Ajab qishloq.
MEHRIBONLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МЕҲРИБОНЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mehribonlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar