pay
bilan ulashing
1. anat. Tana mushaklarini suyakka biriktirib turuvchi mustahkam, elastik toʻqima.
-
Soʻyilgan qoʻyni payidan osmoq.
-
Otaqoʻzining koʻzlari qisilib, jagʻ paylari turtib chiqdi. O. Yoqubov, Diyonat
-
Ya na har qanday goʻshtda pay, chochoʻsar, togʻay kabi biriktiruvchi toʻqimalar boʻladi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
2. sifatdosh Koʻchma Mehnatda pishgan, chayir.
-
U qop-qora, qotma, vujudi pay bir yigit boʻlib, aftidan yoshini chamalash qiyin edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Zabardast, pahlavon, koʻrkam, kelishgan, Vujudi pay, chayir, mehnatda pishgan. Habibiy
3. eskirgan Oyoq, qadam.
-
Bu yangligʻ muddate yoʻl qildilar tay, Ki Arman kishvarigʻa qoʻydilar pay. A. Navoiy.
pay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Payini qirqmoq
-
Hozir esa onasining qornidan kecha tushgan tirranchalar ham nuqul kattalarning payini qirqish, koʻpchilik oldida obroʻsizlantirishni oʻylaydi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
— Qiziq odamlar, — dedi u yana, — bir-birini koʻrolmaydi: oʻzidan chiqqan yoqmaydi, yuqoridan kelganni sigʻdirmaydi Davronovning ham payini qirqishdi. I. Rahim, Ixlos
(asosan oʻ.p. va j.k. shaklida) Biror maqsadni amalga oshirish yoʻlidagi astoydil harakat, urinish, qasd.
-
Xoldor ishga kirish payida uch-toʻrt joyga uchradi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
-
U [Qoʻziboy] choʻqqiga chiqib Toshbuloqni topishda ham birinchi boʻlish payida edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
pay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Payiga tushmoq
-
Bilim olish payiga tushmoq. Pul topish payiga tushmoq.
-
Qori oʻylab-oʻylab, sher yozib, pul topishning payiga tushadi. S. Ahmad, Saylanma
-
Oqsoqol Gʻiyosiddinni kuyov qilish payiga tushib, tez-tez uyiga chaqiradigan boʻldi. S. Ahmad, Hukm
-
— Militsiya payimizga tushganga oʻxshaydi, — dedi shofyor orqaga alanglab. Yo. Shukurov, Uch savol
Payida(n) boʻlmoq
-
Oʻqishning payida boʻling, bolalar.
-
Hunarni oʻrganish payidan boʻlgin, bolam [dedi kampir Saidaga]. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Sen ham axir qarab turmasdan, boshqacharoq yoʻl bilan boʻlsa ham, tirikchilikning payida boʻlsang, oʻgʻlim. Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar
Payida yurmoq
-
U bir narsaning payida yuribdi.
-
Abdujabborxoʻja pulni koʻrganda, rahm-shafqatni unutib qoʻyadigan, gʻayratli, boʻshbayov odamlarni ishlatib, boylik orttirish payida yurgan kishilardan edi. M. Osim, Tilsiz guvoh
pay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pay urmoq
-
Uzumlarni pay urmoq.
iqt. Biror shirkat, aksiyadorlar jamiyati ishida qatnashish uchun qoʻshiladigan hissa, ulush.
-
Pay puli. Pay qoʻshmoq.
-
koʻplab aksiyadorlar oʻzlarining sotib olgan aksiya va paylari evaziga dividend, yaʼni daromad olishlari kerak. Gazetadan
-
Pay boʻyicha ham uning egasi, qoʻlidagi pay miqdoriga qarab, umumiy daromaddan oʻz ulushini oladi. Gazetadan
PAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar