paydo
bilan ulashing
paydo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Paydo boʻlmoq
-
Keyingi yillarda Xiva atrofida yangicha tarzda qurilayotgan qishloqlar paydo boʻlayotgan edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
[Boy:] Bu Eshmat, bu Toshmat deb koʻrsata bersak, oramizda fitna paydo boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
Azizxon suvda miriqib shoʻngʻib, qulochkashlab suzib yurarkan, uning tepasida Joʻra polvonning qorasi paydo boʻldi. S. Ahmad, Ufq
-
Suvi qochgan non, olmachoy bilan nonushta qilishayotganda, Gadoyvoy paydo boʻldi. H. Gʻulom, Feruza
-
Darrov qalam-daftarni olib Bayon-qul aka paydo boʻldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Koʻp qavatli binolar goh bulutlar soyasiga qoʻshilib, yoʻq boʻlib ketadi, goh yana quyosh chiqib, olamga issiq-issiq nur sochganda, qaytadan paydo boʻladi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Yerda hayotning paydo boʻlishi.
-
Tosh Eronga oʻtdi va salkam yuz yildan soʻng unda Kojar Fathali shoh sulton (hijriy 1242-yil) degan yozuv paydo boʻldi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Anvar Muqaddamning chehrasida bir lahza gʻam soyasiga oʻxshash allaqanday hayrat paydo boʻla boshlaganini payqab oldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Koʻklamda odamlar koʻnglida koʻtarinkilik paydo boʻladi. Gazetadan
Paydo qilmoq (yoki etmoq)
-
Qanot paydo qilmoq. Havas paydo qilmoq. Hasad paydo qilmoq.
-
Qimiz kayfi, ot minish zavqi unga goʻyo qanot paydo qilib uchirdi. S. Ahmad, Ufq
-
Nonning xomi gard paydo qilar, Goʻshtning xomi dard paydo qilar. Gazetadan
PAYDO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЙДО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
paydo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar