bich
bilan ulashing
1. Kiyim-kechak tikish uchun moʻljallangan materialni maʼlum andoza va oʻlchamlarda kesmoq.
-
Boʻyiga qarab toʻn bich. Maqol
-
Otaning ochgan yoʻli bor, Onaning bichgan toʻni bor. Maqol
-
Tikkan chevar emas, bichgan chevar. Maqol
-
Chol doʻkonxonada oʻtirib, ish bichib beradi, Unsin ichkari uyda tikadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Belgilamoq, qoʻymoq, kesmoq (narx, ish haqi va shu kabilar haqida).
-
Narx bichmoq.
-
[Dallol:] — Xayr boʻlmasa, men bichay shu bola yuz tillalik mol boʻlsa ham, karvonboshi bobom rozi boʻlsinlar, siz oltmish tilla bering, — dedi. S. Ayniy, Qullar
-
Oʻzimga oʻzim haq bichib olganim yoʻq-ku! Hammasi qonun-qoida bilan boʻlgan. Sharq yulduzi
3. Axta qilmoq.
-
Uloqni bichish uchun olib bordim.
bich soʻzi qatnashgan jumlalar:
Birovga kafan bichmoq
-
Dushmanlarga kafan bichgan Piyodalar — mardi maydonlar. H. Olimjon
-
Obbo, hali u yoqda buvim kafan bichib oʻtirgandirlar. E. Raimov, Ajab qishloq
Ajal (kafan) toʻnin bichmoq
-
Ajal toʻnin bichaylik, Dushman koʻkragidan sanchaylik. Yusuf va Ahmad
-
Savash boʻlsa, shirin jondan kechadi, Dushmanlarga kafan toʻnin bichadi. Murodxon
Gapga bichgan
-
— Hojimuqomning xotini. Juda ham -gapga bichgan-da. Qofiyali qilib gapiradi, — dedi Noʻmonjon. S. Ahmad, Choʻl burguti
-
Abdishukurni xudo gapga bichgan, yengib boʻlmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
Yerdan bichib olgan
-
U yerdan bichib olgandek pak-pakana xotin edi. A. Qodiriy
-
Uning [Kumushning] toʻgʻri, mavzun qomatiga yerdan bichib olingan mudhish xotinning qoʻllari zoʻrgʻa yetdi-da, esonmisiz, omonmisiz, poshsha qiz, deb soʻrashdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Toʻn bichmoq
-
Soyaga qarab toʻn bichma. Maqol
-
Kadrlarning savlatiga, soʻzamolligiga qarab emas, ularning ishiga, isteʼdodiga qarab toʻn bichinglar. Mushtum
BICH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bich so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar