bichim
bilan ulashing
1. Kiyim-kechakning taxliti, fasoni, bichigʻi.
-
Aytishlaricha, butun Yaponiyada bir necha million kimono boʻlsa ham, yo rangida, yoki gullarida, yoki bichimida albatta tafovut boʻladi. H. Hasanov, Ekvatordan oʻtganda
-
Qizlar bu kiyimning materialini, bichimini zoʻr ishtiyoq bilan maqtab ketishdi. J. Abdullaxonov, Xonadon
2. Tana (gavda) tuzilishining yaxlit koʻrinishi, qad-qomat; qiyofa.
-
Bichimi kelishgan yigit.
-
Saidgʻozi ularning [Poʻlat va Shermatning] bichimiga qarab, darrov tanidi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Bu yerdagi otlar turli tusda va turli bichimda boʻlib, zotli, nodir otlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qiz hali yosh boʻlsa-da, boʻychan edi, bichimi ingichka va sambitgul novdasiday adil edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Shakl, oʻlcham.
-
Kitob bichimi 84x108 boʻlgan qogʻozga bosilgan.
BICHIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИЧИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BICHIM so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BICHIM so‘ziga berilgan ma’nolar
bichim so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
bichim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing