armiya
bilan ulashing
1. Davlatning barcha qurolli kuchlari majmui.
-
Respublikamiz armiyasi.
-
Urushning ikkinchi yili otasi armiyaga ketdi-yu, qoʻlida hunari yoʻq ona ikki bola bilan qoldi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. aynan Harakatdagi armiya
-
Shu uzilib tushgan ikkita barmoq tufayli u armiyadan qolib ketdi. N . Safarov, Tanlangan asarlar
-
Biz oʻstirgan oʻgʻillar Armiyaga borurlar, Tikilib kelsa dushman, Jazosini berurlar. Qoʻshiqlar
3. Quruqlikdagi qurolli kuchlar.
4. Bir yoki bir necha qoʻshin turlarining bir necha korpus yoki diviziyadan tashkil topgan, urush harakatlarini olib borish uchun belgilangan qoʻshilmasi.
-
Tank armiyasi.
5. koʻchma Umumiy ish, umumiy maqsad bilan birlashgan kishilar.
-
Mexanizatorlar armiyasi.
armiya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Harakatdagi armiya
ARMIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АРМИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
armiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar