armon
bilan ulashing
1. Koʻngilga tugilgan, lekin(hali)yuzaga chiqmagan, amalga oshmagan orzu-niyat.
-
Shuningdek, minglab vatandoshlarimiz umra amallarini bajarib kelishyaptiki, bu ilgari qanchadan-qancha yurtdoshlarimizning armonlari edi. Gazetadan
-
Shoir yuragida elning dardi, raiyatning ertakka solib qoʻmsagan tilaklari armonlari aks sado bermagaymi, Avaz? S. Siyoyev, Avaz
2. Koʻngilga tugilgan orzu-niyatning roʻyobga chiqmasligidan afsus-nadomat.
-
— E, bearmon odam boʻlarkanmi, Nazar aka, — deya taskin bergan boʻldim. — Aytishlaricha, xudoyam Odam Atoni toʻkisroq yaratolmaganidan armonda ekan. M. M. Doʻst, Lolazor
armon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Armon qilmoq
-
Erta ekkan xirmon qilur, kech ekkan armon qilur. Maqol
ARMON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АРМОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ARMON so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan ARMON so‘ziga berilgan ma’nolar
armon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
armon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar