davo
bilan ulashing
1. Bemorning shifo topishi uchun qoʻllanadigan vosita; muolaja; umuman shifobaxsh narsa.
-
Quyosh, havo — tanga davo. Maqol
-
Asal — ming dardga davo. Qanotli soʻzlar
-
Olma sharbati organizmning kasalliklarga qarshiligini oshiradi, yurak-tomir kasalliklariga davo. Saodat
-
Kashnich meʼda kasalligiga mubtalo boʻlgan kishilarga davo hisoblanadi. Gazetadan
-
Uning qoʻlida davo topgan bemorlar oʻz xaloskorlaridan bir umr minnatdor boʻlishadi. Gazetadan
2. koʻchma Tadbir, chora, iloj.
-
Amalga davo yoʻq, Yomonga — balo. Maqol
-
Ogʻriq tishning davosi — ombir. Maqol
-
Musibatning birdan-bir davosi —mehnat. Sharq yulduzi
davo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Davo qilmoq
Davo topmoq
-
Oʻtar bobo boshliq saroy tabiblari uning dardiga davo topolmadilar. S. Siyoyev, Avaz;
DAVO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАВО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
davo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar