davola
bilan ulashing
1. Kasalni muolaja qilib, boqib tuzatmoq, dori-darmon qilib sogʻaytirmoq.
-
Quloqni davolamoq. Tishni davolamoq.
-
Gapirmas edim. U professor dardimni ipidan ignasigacha eshitsa, oson davolaydi, deb oʻyladim. N. Aminov, Qaltis xato
-
Umid tabibdir: odamni davolab, unga qanot beradi. Yoshlik
2. Biror kasallikni, ogʻriqni dori-darmon qilib toʻxtatmoq, yoʻqotmoq.
-
Rakni davolamoq. Bezgakni davolamoq.
-
Xalq juda koʻp shishlarni paxtadogʻ bilan davolaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. koʻchma Maʼnaviy-axloqiy nuqsonni tuzatmoq, toʻgʻrilamoq. -
-
Bu kasalni tuzatish mumkin, — dedi rais, — ammo boʻlarmikan davolab ayyorligingizni ham. Mushtum
-
Hamkasblarimizni toʻgʻrilik va halollik dorisi bilan davolaymiz. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Bu dardni [el dardini] adl suvi bilan yuvmoq, davolamoq lozimdir. Oybek,Navoiy
4. Davolamoq feʼlining majhul va oʻzlik nisbatlari.
-
Kasalxonada davolanmoq. Kurortda davolanmoq.
-
Shamsi Toʻrayevich qon bosimi oshib, shifoxonada davolanib yotibdi. N. Aminov, Qahqaha
-
Kasalxonamizda davolanayotgan bemorlar nomidan ushbu sovgʻani qabul qiling. S. Ahmad, Saylanma
DAVOLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАВОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
davola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar