bob
bilan ulashing
1. Kitob, asar va shu kabilarning maʼlum tugallikka ega boʻlgan har bir qismi, fasli.
-
Romanning boblari. Dissertatsiyaning boblari.
-
Bu jang varaqasini tilga kirita olgan yozuvchiga har bir satr ulkan jangnoma uchun bir bob boʻlaveradi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Romanning bir necha bobi yozilgandan keyin, oʻzim ham sizga oʻxshab, qahramonimning qilayotgan ishlariga shubhalana boshladim. U. Normatov, Talant tarbiyasi
-
Ali Meshkobchi xususida avvalgi boblarda soʻz aytgan edik. Mirmuhsin, Meʼmor
2. koʻchma Davr, sahifa.
-
Terim mashinasida qizlarimiz rul olib, gʻalaba kitobida ocha oldi yangi bob. Zulfiya, Yuragimga yaqin kishilar
3. Har xil yoʻl, usul.
-
Oʻynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan. Maqol
-
Dod deganda, eshitmaymiz soʻzini, Har bob bilan oʻyarmiz ikki koʻzini. Nurali
4. koʻm. vzf. (3-shaxs egalik va oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchalari bilan) Sohasida, borasida, masalasida.
-
/Muhammad] Ilm-u himmat bobida Arastudan soʻngra ustodi soniy boʻlib, Al-Forobiy nomi bilan musharraf edi. A. Muxtor, Chinor
-
Ul (boyning) qizi husn bobida yakka-yu yagona edi. Usmon baxshi Mamat oʻgʻli, Boʻtakoʻz
-
Sevgi haqidagi fikrlarim ham butunlay oʻzgargan, negaki qizlar bobida ancha omadim yurishgandi. Yoshlik
BOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar