bobokalon
bilan ulashing
1. Boboning otasi, katta bobo (evaraga nisbatan).
-
Manavi madrasada bobokalonimiz mudarris boʻlganlar. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Qishloqning eng badavlat, eng moʻtabar kishisi boʻlgan Maxsumning bobokaloni Gʻoyib otani Hazrati sultonning muridi boʻlgan degan naql bor. S. Anorboyev, Oqsoy
2. (faqat koʻplik shaklida) Oʻtmish ota-bobolar, ajdodlar.
-
Bobokalonlarimiz doʻstlikni tiriklik suvi deganlar. Gazetadan
-
Bobokalonlarimiz yetti xazinaning biriga sigirni ham qoʻshganlar. Gazetadan
3. koʻchma Ulkan vakil, ulkan siymo, asoschi.
-
Yodgor baxshi usta Qulay oʻgʻli Qoʻrgʻon dostonchilik maktabining bobokalonidir. Guliston
-
Sadriddin Ayniy tojik va oʻzbek adabiyotlarining bobokalon arbobi sifatida tanildi. Gazetadan
BOBOKALON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОБОКАЛОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BOBOKALON so‘ziga berilgan ma’nolar
bobokalon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
bobokalon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar