bobo
bilan ulashing
1. Otaning yoki onaning otasi (nabiraga nisbatan).
-
Boboning tol ekkani — oʻziga nom ekkani. Maqol.
-
Bobom burgut boqish bilan menga qaradilar. S. Ahmad, Yulduz
-
Bola bobosini ikki-uch kun koʻrmay ichikib qolgan. S. Ahmad, Ufq
2. (faqat koʻplik shaklida) Oʻtmishda yashab oʻtgan qarindosh kishilar, ajdodlar.
-
Agar Bobur mirzo Samarqandni tezroq egallamasalar, bobolardan qolgan saltanat begona sulola ilkiga oʻtib ketgusidur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Bobolardan soʻzladim, ammo Bir zot borkim, baridan suyuk. A. Oripov, Yurtim shamoli
3. Hurmat yuzasidan qariyalar nomiga qoʻshib ishlatiladi.
-
Murod darrov turib, Hoji bilan soʻrashdi va nazokat bilan unga joy koʻrsatdi: — Keling, Hoji bobo! Koʻrin-maysiz, kelmaysiz? A. Qahhor, Yillar
-
Utar boboning otasi Gadoyniyoz bobo ham xon tabibi edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Qolaversa, oʻzimizning shoir bobomiz Boborahim Mashrabning haq, haqiqat, adolat haqidagi gʻazallarini kim bilmaydi? K. Yashin, Hamza
-
Rais bobo ularning yonginasiga kelib, otdan tushdi, toʻriq yoʻrgʻani oʻz holiga qoʻyib, dasturxon yoniga horgʻin choʻkdi. N. Fozilov, Diydor
4. Aziz-avliyolar nomiga qoʻshib ishlatiladi.
-
Shayx Zayniddin bobo. Zangi bobo.
-
Xizr bobo qoʻlingni baland qilsin. U. Ismoilov, Saylanma
5. tarixiy Oʻtmishda Buxoroning katta dahalarini nazorat qiluvchi bosh mirshab unvoni.
6. folk. Oqsoqol, otaxon.
-
Kambagʻallar Togʻayni bobo koʻtargan edi. U kambagʻallarga bosh boʻlib turgan edi. Rustamxon
7. Bobo (erkaklar ismi).
bobo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qor bobo, qorbobo
-
Bolalar katta qilib Qor bobo yasashdi;
-
Birdan eshik ochildi, Kirib keldi Qorbobo. 3. Diyor, Asarlar
BOBO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОБО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bobo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar