daxlsiz
bilan ulashing
1. Maʼlum bir narsaga bevosita aloqasi, bogʻliqligi boʻlmagan, daxli yoʻq, taalluqli emas.
-
Bu senga daxlsiz gaplar.
-
Qurbon oʻziga daxlsiz narsalar haqida xayol surayotganini payqab, yuragi siqildi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
2. Hech kim daxl qila olmaydigan, qoʻl tegiza olmaydigan, har qanday qasd yoki tajovuzdan himoya qilingan yoki qilinadigan; buzilmas.
-
Maddohlar — xudoning daxlsiz bandalari, ularni xonlikning har bir bekligi, har bir noibligiga joʻnatsak, zarar qilmas. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Yana qadri oshadi onamizday muqaddas, Har qarichi muborak, daxlsiz, aziz yerning. Gʻ. Gʻulom, Sheʼrlar
3. dip. Oʻzga ellarda qonun yoʻli bilan jazolab boʻlmaydigan.
-
— Hazrat, bu odatga xilof. Elchilar daxlsiz-ku, — deb xirilladi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
DAXLSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАХЛСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
daxlsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar