urug‘chilik
bilan ulashing
1. Oʻsimlikshunoslikning navli urugʻ yetishtirish ishi bilan shugʻullanuvchi sohasi; tarmogʻi; urugʻ tayyorlash.
-
Urugʻchilik xoʻjaligi.
-
Ha, aytganday, ustod shu yaqin kunlarda urugʻchilik sovxoziga kelar ekanlar. Xat oldim. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
-
Paxtachilikning istiqboli haqida oʻylamaydigan kaltabin xodimgina urugʻchilik ishini tashkil etishga mensimasdan qarashi mumkin. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. (q. Urugʻ ajratish, urugʻlarni bir-biriga zidlash urugʻ 7).
-
Quljon eshon, Mullamuhammad, Nafas Oxunlar oʻtaketgan mutaassib, johil boʻlganidan, ularda qabila, urugʻchilik taʼsiri kuchli. A. Hakimov, Ilon izidan
-
Endi, ana shu kasofat urugʻchilik zimdan oʻrtaga tushib, ishning beliga tepadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
URUG‘CHILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
УРУҒЧИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
urug‘chilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar