jips
bilan ulashing
1. ravish Orasida joy, tirqish boʻlmagan, tirqishsiz, zich.
-
Jips yopilmay turgan eshiklarning ikki qanoti orasidan sovuq qorning zaharli izgʻirini kirib, uylarning tokchalarini aylanmoqqa, uning sovuq huv-huvlari ship oralaridan eshitilmoqqa boshladi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. Bir jon, bir tan boʻlib birlashgan, birdam.
-
Tinchlik uchun kurashuvchilarning jips safi oʻsmoqda. Jamoa bilan jips bogʻlanmoq.
3. koʻchma Yaqin, yaqinlashib; yonma-yon.
-
Joʻra boboning toʻrigʻi uloqqa jipsroq chopdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Boʻz ot jiyron-qashqa bilan jips kelgan zahoti Bobur boʻy choʻzib, narigi otning egaridan ikki qoʻllab ushladi-yu, bor kuchi bilan egardan egarga sakradi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
JIPS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИПС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan JIPS so‘ziga berilgan ma’nolar
jips so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
jips so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar