jins
bilan ulashing
1. biologiya Jonli organizmlarning biologik va jismoniy xususiyatlariga koʻra ikki (erkak va urgʻochi) turidan biri.
-
Erkak jinsi. Xotin jinsi.
-
Uzaro qarama-qarshi ikki jins dunyoda tiriklikni davom ettiradi. T. Qaipbergenov, Qoraqalpoqnoma
-
Boʻlajak farzand jinsining oʻgʻil yoki qiz boʻlishi otadagi urugʻ hujayrasi tarkibida boʻladigan ikki xil xromosomaga bogʻliq. Gazetadan
2. Tur, nav, xil.
-
Lirikaning oʻziga xos adabiy jins sifatidagi tabiati uning janr qiyofasida ham aks etadi. OʻTA
-
Baron fon Ring, albatta, eshak emas, balki oriy jinsdan boʻlgan bir zot. A. Qahhor, Baron fon Ring.
3. Ijtimoiy guruh, tabaqa.
-
Jinsiga tortmoq.
-
— Ota, bu singlim,— tabassum bilan dedi Yoʻlchi. — Boynikida yashashini maʼqul koʻrmadim. — Yaxshi qilibsan: Kabutar bo kabutar, jins bo jins. Toʻgʻri, ular qarindoshing. Lekin ular seni oʻz jinsiga qoʻshmaydi. Ular pul jinsidan. Oybek, Tanlangan asarlar
4. geol. Yer qobigʻining maʼlum qatlamini hosil qilgan mineral.
-
Qoya ostidagi togʻ jinslari ming yillar davomida esgan shamol taʼsirida silliqlanib, gʻor shaklida oʻyilgan edi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Nurotadan Tomdibuloqqacha choʻzilgan togʻlardagi togʻ jinslarini oʻrganib, u joylarning geologik xaritasini tuzdi. S. Anorboyev, Oʻzbekiston oltini
JINS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИНС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jins so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar