jinoyat
bilan ulashing
1. huquq Davlat qonunlari bilan belgilangan tartibga xilof va shu qonunlarga asosan javobgarlikka tortishni talab qiladigan, jamoat uchun xavfli xatti-harakat.
-
Ogʻir jinoyat. Amaldan foydalanib qilingan jinoyat. Jinoyat ustida ushlamoq.
-
Tergov tugashi uchun esa jinoyatga iqror boʻlish kerak. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Bir marta jinoyat qilgan odam oʻsha jinoyatini yopish uchun yana oʻn marta jinoyat qilishdan xam qaytmas ekan. N. Fozilov, Diydor
2. koʻchma Yomon oqibatlarga olib boradigan zararli xatti-harakat, ish; gunoh.
-
Bas, siz bilan biz, Tojiboy aka, bu ishga rahbarlik qilish oʻrniga qoʻl siltar ekanmiz, jinoyat qilgan boʻlamiz va buning uchun xalq oldida javobgar boʻlamiz. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bunday ishni kechiktirish jinoyat. Sh. Rashidov, Gʻoliblar
JINOYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИНОЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jinoyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar