jamoa
bilan ulashing
1. Qishloq, mahalla va uning aholisi.
-
Doʻstmat pulni sanab, choʻntakka solmasdanoq, jamoada har bir oilaning tuynugidan chiqadigan tutunga qarab, qozonda nima qaynayotganini sezadigan xumkalla ellikboshi yetib keldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. eskirgan Qishloq kengashi.
-
Dadamni ikki marta jamoa chaqirtirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Arizaga Qumqishloq kambagʻal dehqonlari va jamoa faollaridan yuz oʻttiz kishi qoʻl qoʻygan. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Muayyan, bir xil ish bajaruvchi kishilar guruhi.
-
Ikki-uch yildan beri uylariga kun sayin sovchilar jamoasi yogʻilib yotganligidan, bu sovchilar ham oʻshalarning birisidir, deb oʻylagan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Xaloyiq, birodarlar.
-
Tilovat soʻngida yurt moʻysafidlaridan biri oʻrnidan turdi: — Jamoa, Asqar oqsoqol qanday odam edi? —Rahmatli yaxshi odam edi. Yoshlik
JAMOA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАМОА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jamoa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar