jamoat
bilan ulashing
1. Xalq, xaloyiq, koʻpchilik.
-
Jamoat mulki. Jamoat xoʻjaligi.
-
Jamoat orasida har qachon xushhol, xushchaqchaq Jaynoq ismli batrakni koʻpchilik xotirlasa kerak. N. Safarov, Navroʻz
-
Juma namozidan soʻng tashqaridagi jamoat duv etib oʻz ishiga ketdi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. Koʻpchilikka, ommaga qarashli, tegishli.
-
Zilziladan bolalar bogʻchalari, maktab, kinoteatrlar, zavod-fabrikalar, jamoat binolaridan qanchalari shikastlandi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Yigit-qizlar sifatli va samarali mehnat qilib, jamoat chorvasi uchun moʻl ozuqa toʻplamoqdalar. Gazetadan
jamoat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jamoat jam
-
Ovqatni Komiljon kelganda suzasan, jamoat jam boʻlib ichamiz. I. Rahim, Ixlos
-
— Oʻhoʻ, jamoat jam-qu, — dedi Buvnisa xola Fotima opa va xotinlarga qarab. R. Fayziy, Sen yetim emassan
JAMOAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАМОАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jamoat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar