jamiyat
bilan ulashing
1. Tarixiy taraqqiyotning maʼlum bosqichida moddiy boyliklar yaratishning muayyan usullari va muayyan ishlab chiqarish munosabatlari bilan xarakterlanadigan ijtimoiy munosabatlar majmui.
-
Feodal jamiyat.
-
Jamiyat olgʻa qarab harakat qilar ekan, yoshlar ham oʻsha baravarida oʻsishlari kerak. Gazetadan
2. Biror maqsadda tuzilgan ixtiyoriy birlashma, ijtimoiy tashkilot.
-
Paxtakor sport jamiyati. Matlubot jamiyati. Koʻrlar jamiyati.
-
Kitobsevarlar jamiyati oldida katta va masʼuliyatli vazifalar turibdi. Gazetadan
-
Olim jamiyatning bir necha vakillari bilan Vengriyaga bordi. Fan va turmush
3. Maʼlum doira, davra kishilari, ahllari.
-
— Albatta, terifurush savdogarlarga bilimning nima hojati bor? Biz, albatta, u jamiyatning kishilari emasmiz. Bizda bilim hayot bilan qoʻshilishi kerak, — dedi Davronov. P. Tursun, Oʻqituvchi
JAMIYAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАМИЯТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jamiyat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar