o‘sma
bilan ulashing
1. Uzun choʻzinchoq toʻq yashil bargli, krestgullilar oilasiga mansub ikki yillik oʻtsimon oʻsimlik.
-
Qish boshlanishida hamma tok koʻmsa, Malikaxon oʻsmasini koʻmar, chillada ham uning hovlisida oʻsma bahordagidek koʻkarib yotardi. S. Zunnunova, Gulxan
2. Shunday oʻsimlikning bargidan siqib olinib, qosh va kipriklarga qoʻyish (sur-tish) uchun ishlatiladigan qora-yashil rangli suyuqlik.
-
Uning hozirgina qoʻygan oʻsmasi chakkasiga oqib tushgan edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
tibbiy Organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli hamda vazifasini yoʻqotgan hujayralardan iborat toʻqimalarning zoʻr berib oʻsib ketishi.
-
Jigar oʻsmasi. Miya oʻsmasi.
-
Tajribalardan maʼlum boʻldiki, kobraning zahari hatto rak oʻsmasini ham oʻsishdan toʻxtata olar ekan. Fan va turmush
O‘SMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎСМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘sma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar